«davlat ekologiya qo‘mitasi» tegli maqolalar


Ekologiya qo‘mitasi rahbarining ikki o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
11 oktabr 2022, 17:55

Ekologiya qo‘mitasi rahbarining ikki o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Prezident Administratsiyasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umarbek Xalilov hamda rais o‘rinbosari Islombek Boqijonov lavozimidan ozod etildi.

«Asossiz xabarlar». Ekologiya qo‘mitasi rahbari to‘rtta xizmat mashinasidan foydalanishiga munosabat bildirildi
15 avgust 2022, 10:57

«Asossiz xabarlar». Ekologiya qo‘mitasi rahbari to‘rtta xizmat mashinasidan foydalanishiga munosabat bildirildi

Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbari to‘rtta — «Mercedes», «Toyota 200», «E-bora» va «Volkswagen ID-6» xizmat mashinasidan foydalanishi rad etildi. Qo‘mita matbuot xizmati ushbu «xabar asossizligi», avtomobillarning faqat ikkitasi Narzulla Oblomurodovga biriktirilganini ma’lum qildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi aholi va fermerlarni somon poyalarini yoqmaslikka chaqirdi
1 iyun 2022, 18:09

Davlat ekologiya qo‘mitasi aholi va fermerlarni somon poyalarini yoqmaslikka chaqirdi

G‘alla o‘rim yig‘imi mavsumi boshlanishi munosabati bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi aholi va fermerlarni dalalarda qolgan somon poya qoldiqlarini yoqmaslikka chaqirdi. Somon poya qoldiqlarini yoqish iqtisodiyot va atrof-muhitga ko‘plab zarar etkazadi. Bu tuproq unumdorligining keskin pasayishiga, havoning ifloslanishiga va boshqa zararlarga olib keladi.

O‘zbekistonda Global yashil o‘sish institutining vakolatxonasi ochildi
22 fevral 2022, 17:01

O‘zbekistonda Global yashil o‘sish institutining vakolatxonasi ochildi

O‘zbekistonda Global yashil o‘sish institutining vakolatxonasi ochildi. Institut Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda umumiy qiymati 5,65 mln dollarlik Orolbo‘yi mintaqasining yashil tiklanishini moliyalashtirishga qaratilgan loyihani amalga oshirishni boshlab yubordi.

Toshkent viloyatida 64 tup qarag‘ay daraxti kesib ketildi
21 fevral 2022, 20:42

Toshkent viloyatida 64 tup qarag‘ay daraxti kesib ketildi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 64 tup qarag‘ay daraxti noqonuniy ravishda tag qismidan kesib, olib ketilgani aniqlandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi buni qilgan fuqaro 1 mln 350 ming so‘m jarimaga tortilgani va o‘simlik dunyosiga 1 mlrd 575 mln so‘m zarar yetkazganini ma’lum qildi.

Yunusuboddagi daraxtlarga ikkinchi marta suiqasd uyushtirildi
11 yanvar 2022, 10:47

Yunusuboddagi daraxtlarga ikkinchi marta suiqasd uyushtirildi

Toshkentda niqobdagi noma’lum shaxslar dekabr oyidan buyon ikkinchi marta archa daraxtlarini kesib tashlashga urinishdi. Uchastkani auksionda sotib olgan tadbirkor daraxtlarning ko‘chirilishiga rad javobini bergan ekologlar ustidan shikoyat qildi.

2022-yilda Ekologik kodeks ishlab chiqiladi
2 yanvar 2022, 12:21

2022-yilda Ekologik kodeks ishlab chiqiladi

Prezident qarori bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi 1-dekabrgacha jamoatchilik, ilmiy-tadqiqot institutlari va OAV vakillarini jalb etgan holda Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqadi. Bundan tashqari, barcha hokimlarning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosalariga ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish vazifalari ham yuklatiladi.

«Navoiyazot» zaxarli moddalarning Zarafshon daryosiga oqizilgani bo‘yicha ayblovni rad etdi
11 oktabr 2021, 11:25

«Navoiyazot» zaxarli moddalarning Zarafshon daryosiga oqizilgani bo‘yicha ayblovni rad etdi

«Navoiyazot» koxonasi baliqlarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan sanoat chiqindilarining Zarafshon daryosiga tashlangani yuzasidan munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, «so‘nggi davrda oqava suvlarning sifati o‘zgarishlarsiz» bo‘lgan. «Tashlanma suvlardan laboratoriya taxlillari olinib keyinchalik Zarafshon daryosiga yuboriladi», — deyiladi xabarda.

«Navoiyazot»ga qarashli quduqdan daryoga hayot uchun xavfli moddalar chiqarilgan
9 oktabr 2021, 12:51

«Navoiyazot»ga qarashli quduqdan daryoga hayot uchun xavfli moddalar chiqarilgan

Davlat ekologiya qo‘mitasi «Navoiyazot» korxonasi qudug‘idan sanoat chiqindilarining Zarafshon daryosiga tashlanganligini aniqladi. Xavfli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi bir necha bor oshib ketishi baliqlarning ommaviy zaharlanishiga olib keldi.

Toshkentdagi har bir mahalladan bir kishi «Jamoatchi ekologiya noziri» bo‘ladi — Ekoqo‘mita
27 iyul 2021, 09:26

Toshkentdagi har bir mahalladan bir kishi «Jamoatchi ekologiya noziri» bo‘ladi — Ekoqo‘mita

Poytaxtda sinov tariqasida har bir mahalladan bir kishiga «Jamoatchi ekologiya noziri» guvohnomasi beriladi. Ular Davlat ekologiya qo‘mitasida o‘qitiladi va avgust oyi o‘rtasidan hududlarda daraxtlarni noqonuniy kesilishini oldini olish, atrof-muhitga zarar yetmazmaslik bo‘yicha ish olib boradi.

Tozalash inshootlaridan taralayotgan badbo‘y hid tufayli 22 kishiga nisbatan ish ochildi
14 iyun 2021, 14:09

Tozalash inshootlaridan taralayotgan badbo‘y hid tufayli 22 kishiga nisbatan ish ochildi

Toshkentda oqova suvlarni tozalash inshootlariga texnik suvlarni oqizish holati bo‘yicha korxona va tashkilotlarning 22 nafar mas’uliga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Avvalroq, ayni shu sabab Sergeli tumanida badbo‘y hid taralayotgani haqida yozgan edik. Bir qator korxonalarning davlat ekologik ekspertizasi amal qilish muddatini oldindan to‘xtatish va shahar kanalizatsiya tarmog‘idan uzish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritildi.

Ekologiya qo‘mitasi Amudaryo katta kurakburunining ovlanayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
11 iyun 2021, 11:48

Ekologiya qo‘mitasi Amudaryo katta kurakburunining ovlanayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ekologiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, «Qizil kitob» ga kiritilgan 10 dona Amudaryo katta kurakburun baliq turiga kvota ajratilgan. Biroq, Amudaryo katta kurakburuni baliq turini ovlashga ruxsat berish bo‘yicha ariza kelib tushmagan va ruxsatnoma ham rasmiylashtirilmagan.

Ekologiya qo‘mitasi ikkinchi qo‘ng‘ir ayiq ov qilinishiga ruxsatni bekor qildi
17 may 2021, 18:19

Ekologiya qo‘mitasi ikkinchi qo‘ng‘ir ayiq ov qilinishiga ruxsatni bekor qildi

Rossiyalik ovchiga berilgan ikkinchi Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ini otish uchun berilgan ruxsat bekor qilindi, dedi Ekologiya davlat qo‘mitasi vakili. Qaror jamoatchilikning noroziligini inobatga olgan holda qabul qilindi.

Toshkent va Farg‘onada yaroqsiz batareykalarni yig‘adigan 171 ta konteynerlar o‘rnatildi
9 aprel 2021, 09:44

Toshkent va Farg‘onada yaroqsiz batareykalarni yig‘adigan 171 ta konteynerlar o‘rnatildi

Toshkent shahar va Farg‘onadagi chiqindilarni yig‘ish punktlarida ishlatilgan batareykalarni yig‘ish uchun konteynerlar o‘rnatildi. Hozirda ular 171 ta tashkil etmoqda va keyinchalik respublikaning barcha chiqindi yig‘ish joylari qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

Moratoriy davrida 7854 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 9,787 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan
24 noyabr 2020, 20:05

Moratoriy davrida 7854 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 9,787 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari moratoriy davrida 7854 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 9,787 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilganini ma’lum qildi. Huquqbuzarlarning 167 nafari mansabdor shaxslar hisoblanadi. Ular qatorida Sirdaryo tumani hokimi [11,7 mln so‘m] va «Vuildinig and Supplies» qurilish korxonasi [630,4 mln so‘m] jarimaga tortilgan. 17 ta holatda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriy bir yilga uzaytirilishi mumkin
24 noyabr 2020, 13:57

Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriy bir yilga uzaytirilishi mumkin

Davlat ekologiya qo‘mitasining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga moratoriy 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilishi mumkin. Qo‘mita bu boradagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritdi.

Qopqonga tushib qolgan ayiq qutqarildi
27 avgust 2020, 11:48

Qopqonga tushib qolgan ayiq qutqarildi

Jizzax viloyatida joylashgan Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida noma’lum fuqarolar tomonidan qo‘yilgan qopqonga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ayiq tushdi. Tegishli idoralar yordami orqali ayiq qutqarilib, hozirda unga davolash muolaja ishlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting